OITSga chalinganlar oʻrindiqlarga ataylab tibbiy igna qoʻyib ketayotgani rostmi?
Ijtimoiy tarmoqlarda OITSga chalingan shaxslar kasallikni boshqalarga yuqtirish uchun oʻrindiqlarga tibbiy igna qoʻyib ketayotgani toʻgʻrisida xabarlar keng tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi munosabat bildirdi.
Unda aytilishicha, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan shu mazmundagi xabarlar haqiqatga toʻgʻri kelmaydi. Poytaxt IIBB tomonidan oʻtkazilgan tezkor surishtiruvlar davomida bunday videotasvirlarni tayyorlagan va tarqatgan shaxslar aniqlangan.
“Oʻrtogʻim mana shunaqa «SPID” haqida video olaylik degandi. Qilgan ishimdan pushaymonman. Butun xalqdan uzr soʻrayman. Bunaqa ommaga chiqib ketishini bilmagandim», — deydi videoni tayyorlagan shaxslardan biri.

Ushbu videotasvirlarni tayyorlagan va tarqatgan shaxslarning yana bir esa, Instagram ijtimoiy tarmogʻida oʻtirib, shu mazmundagi videoni koʻrgach, takrorlamoqchi boʻlgani haqida gapirgan.
“Oʻrindiqqa shpris qoʻyib ketilgani haqidagi videoni «Prosmotr” va “layk” uchun qilgandim. Qilgan ishimdan afsusdaman, xalqdan uzr soʻrayman», — degan u.
Hozirda videoni tayyorlab tarqatgan ikki shaxs nisbatan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 202-2-moddasi, yaʼni yolgʻon axborot tarqatish bilan hujjatlar rasmiylashtirilib, jinoyat ishlari boʻyicha Mirzo Ulugʻbek tuman sudiga yuborilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Toshkent viloyatida Abdulla Oripov uy-muzeyi ochildi
- “Oʻzgidromet” shoshilinch ogohlantirish eʼlon qildi
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Fargʻonada Navroʻz: tinch-osoyishta hayot zavqi, dorilamon kunlar shukronasi...
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring