Ikki hududda tadbirkorlar tomonidan 2,4 milliard soʻmlik “svet” oʻgʻirlandi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Zangiota tumani boʻlimi tomonidan tezkor tadbir oʻtkazildi, deb xabar bermoqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti.
Unda aytilishicha, oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruv davomida “B.X.” MCHJ rahbari fuqaro X.R. savdo doʻkonida tijorat maqsadida elektr tarmogʻiga oʻzboshimchalik bilan toʻgʻridan-toʻgʻri ulanib, 1,4 milliard soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi fosh boʻlgan.
Shu kabi yana bir holat, Departamentning Yangiyoʻl tumani boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda ham aniqlangan.
Unga koʻra, fuqaro Sh.T. Zangiota tumani, “Keng-kichik” MFY hududidagi savdo doʻkoni va umumiy ovqatlanish shoxobchasida umumiy foydalanishdagi gaz va elektr tarmoqlariga oʻzboshimchalik bilan toʻgʻridan-toʻgʻri ulanib, 1 milliard soʻmlik energiya resurslaridan noqonuniy foydalanganligi maʼlum boʻlgan.
Hozirda mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (oʻgʻrilik) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Toshkent viloyatida Abdulla Oripov uy-muzeyi ochildi
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Fargʻonada Navroʻz: tinch-osoyishta hayot zavqi, dorilamon kunlar shukronasi...
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring