“Qashqirlar makoni” Alisher Navoiy kinoteatrida namoyish etiladi
Turkiya Madaniyat vazirligining Kino boshqarmasi va Yunus Emrе instituti koʻmagi bilan Avrasiya nodavlat jamoatchilik hamkorligi fondi tomonidan tashkil qilinayotgan “Turk filmlari haftaligi” 25-28 aprel kunlari Toshkent shahrida boʻlib oʻtadi. Bu haqda ”Xalq soʻzi” muxbiri xabar bermoqda.
Haftalikda turk kino shinavandalari tomonidan yuqori baholangan filmlar namoyish qilinadi.
“Novvoy bobo”, “Ishq siri”, “Qashqirlar makoni: Vatan”, “Qiziquvchan bolalar: Dahliz voqeasi”, “Jigarim” kabi filmlar namoyishi rejalashtirilgan tadbirga “Novvoy bobo”, “Ishq siri” filmlarining rejissyori Kurshat Kizbaz, aktrisa Hayat Oʻljay va “Qashqirlar makoni: Vatan” filmidagi Umar bobo roli bilan tomoshabinlar mehrini qozongan taniqli aktyor Emin Oʻljay ishtirok etadi.
Oʻzbekistonda turk seriallariga, aktyor va aktrisalariga qiziqish kuchli boʻlgani bois “Turk filmlari haftaligi” yuqori darajada oʻtishi kutilmoqda.
Hafta davomida barcha filmlar Alisher Navoiy nomidagi Kinosaroy zallarida tomoshabinlar hukmiga havola qilinadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Prix Versailles talqiniga koʻra 2026-yilning dunyodagi eng goʻzal muzeylari roʻyxatiga kiritildi
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Endilikda yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasini mobil ilova orqali elektron shaklda topshirish mumkin
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- Eronning hujum salohiyati 50 foizga qisqardi – AQSH senatori
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring