“Real Madrid” “Vilyarreal”ni yirik hisobda magʻlub etdi

Ispaniya La Ligasining 8-turidan oʻrin olgan bahsda “Real Madrid” oʻz maydonida “Vilyarreal”ni 3:1 hisobida magʻlub etdi.
Madridliklar safida gollarga Vinisius Junior (dubl) va Kilian Mbappe mualliflik qildi. “Vilyarreal”ning yagona javob goli esa Jorj Mikautadze hisobiga yozildi.
Uchrashuvdan soʻng, “Sofascore” portali Vinisius Juniorni oʻyin qahramoni deb eʼlon qildi. Braziliyalik hujumchi 9,8 ball baho oldi — bu joriy mavsumda “Real” futbolchilariga qoʻyilgan eng yuqori koʻrsatkichdir.
Maʼlumot uchun, “qirollik klubi” keyingi oʻyinini 20-oktyabr kuni “Xetafe”ga qarshi oʻtkazadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Jahon olimlari nigohi yana Oʻzbekistonga qaratildi
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda dollar kursi oʻzgardi
- Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi oʻzgardi
- Prezident Ismoil Joʻrabekov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
- Oʻzbekiston va Turkmaniston: barqaror rivojlanish yoʻlidan borayotgan davlatlar
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring