“Manchester Siti” 21 yoshli futbolchisi bilan shartnomani 5-yilga uzaytirdi

“Manchester Siti” klubi braziliyalik futbolchisi Savinyo bilan shartnomasini 5-yilga uzaytirdi. Bu haqda klub oʻzining rasmiy sahifasida maʼlumot berdi.
Unga koʻra, endi yangilangan shartnoma 2031-yilgacha amal qiladi. “Shaharliklar” rahbariyati bu qarorga soʻnggi vaqtlarda futbolchiga boʻlgan qiziqish ortib ketgani sabab kelgani aytilmoqda.
Maʼlumot uchun, Savinyo “Manchester Siti”da shu vaqtga qadar 54 oʻyinda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 13 ta golli uzatma amalga oshirdi.
Eslatib oʻtamiz, ushbu futbolchi 2024-yilning yozida “Manchester Siti”ga kelib qoʻshilgan va “shaharliklar” braziliyalikning transferi uchun “Jirona” klubiga 25 million yevro toʻlagan edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Jahon olimlari nigohi yana Oʻzbekistonga qaratildi
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda dollar kursi oʻzgardi
- Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi oʻzgardi
- Prezident Ismoil Joʻrabekov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
- Oʻzbekiston va Turkmaniston: barqaror rivojlanish yoʻlidan borayotgan davlatlar
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring