Samarqandda ham bogʻcha bolalariga sifatsiz ovqat berildimi?

Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand viloyati Nurobod tumanidagi 1-sonli maktabgacha taʼlim tashkilotida bolalarga sifatsiz ovqat berilgani toʻgʻrisidagi xabarlar tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan viloyat Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi munosabat bildirdi.
Unda aytilishicha, mazkur holat Samarqand viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi viloyat Sanitariya va epidemiologiya jamoat salomatligi boshqarmasi mutaxassislari ishtirokida ishchi guruhi tuzilib, oʻrganilgan.
Oʻrganishlar jarayonida 1-son DMTT da faoliyat yuritayotgan oshpazlarning ovqat pishirish texnologiyalariga amal qilmagani hamda eʼtiborsizligi sabab kechki nonushtaga tayyorlangan shirin kulchalar kuydirib pishirilganligi aniqlangan. Mazkur holat yuzasidan buyurtmachi tomonidan autsorsing “PROOF FOOD” MCHJ korxonasi rahbariyati ogohlantirilgan.
Maʼlum qilinishicha, autsorsing tomonidan sifatsiz goʻsht mahsulotlari yetkazib berilganligi haqidagi xabarlar oʻz isbotini topmagan.
Nurobod tuman tibbiyot birlashmasi hamda Sanepidqoʻmita tuman birlashmasi epidemiologi maʼlumotiga koʻra, 30-sentyabr sanasidan bugungi kunga qadar bogʻcha yoshdagi bolalarning ovqatdan zaharlanganligi boʻyicha murojaat kelib tushmagan.
“Ijtimoiy tarmoqlarda Nurobodda 50 nafardan ortiq DMTT tarbiyalanuvchisi kasallangani aytilgan xabar asossiz boʻlib, blogerlardan yolgʻon axborot tarqatmaslikni soʻraymiz”, — deyiladi boshqarma munosabatida.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Jahon olimlari nigohi yana Oʻzbekistonga qaratildi
- Ekrandagi qabohatning hayotdagi aksi yoki yengil-yelpi seriallar jamiyatga nima beryapti?
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Dollar kursi tushishda davom etmoqda
- Oʻzbekistonda dollar kursi oʻzgardi
- Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi oʻzgardi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring