Sergelida maktab direktori ustidan portalga shikoyat qilgan oʻqituvchiga tazyiq oʻtkazildimi?

18:44 02 Oktyabr 2025 Jamiyat
306 0

Ijtimoiy tarmoqlarda Sergelida maktab direktori ustidan portalga shikoyat qilgan oʻqituvchiga tazyiq oʻtkazilgani toʻgʻrisida xabarlar keng tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi munosabat bildirdi.

Unda aytilishicha, ushbu holat 2025-yil 27-sentyabr kuni soat 13:30 da Sergeli tumanidagi 277-maktabda pedagoglar Kengashining navbatdan tashqari yigʻilishi soʻnggida sodir boʻlgan. Yigʻilishni maktab direktori Yu.N. ochib, kun tartibidagi masalalar boʻyicha gapirgan. Soʻngra oʻquv ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosariga kun tartibidagi masalalar yuzasidan yigʻilishni davom ettirishi lozimligini bildirib, chiqib ketgan.

Mazkur yigʻilish tugaganidan soʻng, ingliz tili fani oʻqituvchisi Gʻ.M. oʻzini yomon his qilgan. Tez tibbiy yordam kelib Gʻ.M. ga birinchi yordam koʻrsatgan. Shu kuni maktab direktori oʻqituvchi bilan muloqot qilmagan. Hech qanday tortishuvli vaziyat roʻy bermagan, maktab direktori tomonidan oʻqituvchiga tazyiq oʻtkazilmagan.

“Murojaatda aytilishicha, maktab direktori dastlab oʻqituvchiga dars soatlarini adolatli boʻlishini talab qilgani uchun tazyiq oʻtkazganligi taʼkidlangan. Oʻrganishlar chogʻida shu narsa oydinlashdiki, bugungi kunda mazkur maktabda 13 nafar ingliz tili fani oʻqituvchisi ishlaydi. Ularning orasida eng koʻp — 28 soat dars video lavhada betob boʻlgan ingliz tili oʻqituvchisi Gʻ.M. ga taqsimlanganligini bildiramiz”, — deyiladi boshqarma munosabatida.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер