Xakerlar Rossiyaning Toshkentdagi konsulligi saytiga hujum qildi

15:18 09 Aprel 2019 Jamiyat
1670 0

Xakerlar Rossiyaning Toshkentdagi konsulligi saytiga hujum qildi, deb xabar berdi RFning mamlakatimizdagi elchixonasi konsullik boʻlim mudiri I.Fetisov.

Manbaning aniqlik kiritishicha, jinoyatchilar elektron navbat tizimiga taʼsir koʻrsatmoqchi boʻlgan. Buning natijasida istalgan fuqaro konsullik boʻlimida qabul vaqtini bron qilish imkoniyatiga ega boʻlishi kerak edi.

Xakerlarni navbatdan tezlashtirilgan holatda oʻtkazib berish bilan shugʻullanadigan vositachilar yollagan boʻlishi mumkin. Muammo rossiyalik texnik mutaxassislar yordamida hal etildi. Sayt odatdagi rejimda ishlamoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер