Toshkentda 110 mingta uy buzilishi haqidagi xabarlar rostmi?

Ijtimoiy tarmoqlarda “Toshkentda 110 mingta uy buzilishi boshlandi” sarlavhali xabarlar keng tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi munosabat bildirdi.
Xabarda aytilishicha, Toshkentda 110 mingta uy buzilishi boshlangani haqidagi xabarlar haqiqatga toʻgʻri kelmaydi.
«Ayni kunlarda mamlakatimizda koʻp qavatli uy-joy fondining seysmik holatini oʻrganish va baholash ishlari olib borilmoqda. Bu tadbirlar aholi xavfsizligini taʼminlash maqsadida profilaktik tarzda amalga oshirilmoqda.
Hozirda hech qanday rasmiy hujjatlarga ega boʻlmagan bitta obyektda seysmik talablarga mos kelmaslik holati aniqlangan. Fuqarolar xavfsizligini taʼminlash maqsadida ushbu obyekt boʻyicha belgilangan tartibda tegishli chora-tadbirlar koʻrilgan», — deyiladi vazirlik munosabatida.
Shuningdek, hozirda ommaviy ravishda uy-joylarni buzishga oid hech qanday qaror yoki reja mavjud emas, deb qoʻshimcha qilinadi vazirlik xabarida.
Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi fuqarolardan ishonchsiz manbalar orqali tarqalayotgan asossiz xabarlarga ishonmaslik va rasmiy maʼlumotlarga tayanishni soʻradi. Shuningdek, yolgʻon axborot tarqatganlik uchun qonunchilikda javobgarlik belgilanganini ham eslatib oʻtgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar miqdori 10 foizga oshiriladi
- Olimlar Alsgeymer kasalligidan himoya qiluvchi parhez haqida maʼlumot berishdi
- Dollar kursi oshishda davom etmoqda
- Parkentda yiliga 20 ming sayyohni qabul qiladigan turistik majmua ochilmoqda
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Oʻzgarishlarni soʻz bilan uygʻotgan jurnalist
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring