Germaniya Ukrainani jiddiy qoʻllashga kirishdi. Rossiyaning munosabati qanday?

11:27 12 Iyun 2025 Dunyo
215 0

Illyustrativ foto

Germaniya mudofaa vaziri Boris Pistorius yangi qurol yetkazib berish masalalarini muhokama qilish uchun Ukrainaga kelgan. Bu haqda “Tagesschau” xabar tarqatdi.

“Mudofaa vaziri Boris Pistorius siyosiy muzokaralar uchun Ukraina poytaxti Kiyevga keldi. Siyosatchi Ukrainadagi vaziyat bilan tanishib, keyingi harbiy yordam masalasini muhokama qilmoqchi”, — deyiladi nashr xabarida.

Germaniya Ukrainaga qanday yordam bermoqchi?

Oʻtgan haftada Pistorius Ukraina Qurolli kuchlari yaqin orada Berlin yordamida “Ukrainada ishlab chiqarilgan” birinchi uzoq masofaga uchuvchi qurollarini olishini aytgan edi. Shu oʻrinda u alyansdagi hamkasblarini Kiyev bilan “Patriot” tizimlarini baham koʻrishga koʻndirishini taʼkidladi. Bundan biroz oldin Germaniya kansleri Fridrix Mers Berlin Ukrainaga oʻtkazilgan qurol-yarogʻlar qatoriga qoʻyilgan barcha cheklovlarni bekor qilganini eʼlon qildi. Unga koʻra, Ukraina Qurolli kuchlari endi Rossiya hududiga chuqur zarba bera oladi va bunday qurollar bilan taʼminlanishi kerak. Keyinroq siyosatchining aniqlik kiritishicha, barcha cheklovlar bir necha oy oldin bekor qilingan. Shu bilan birga, u Ukraina Qurolli kuchlariga uzoq masofali “Taurus” qanotli raketalarini yetkazib berishga ruxsat berdi Mersning aytishicha, ukrainalik harbiy xizmatchilarni ularni boshqarishga oʻrgatish “uzoq vaqt olishi mumkin”.

Rossiyaning munosabati qanday?

Rossiya tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Mariya Zaxarovaning taʼkidlashicha, Germaniyaning “Taurus” raketalari bilan Rossiyaning istalgan obyektiga zarba berilishini Moskva Berlinning Kiyev tomonidagi harbiy harakatlardagi ishtiroki sifatida baholaydi.

Rossiya prezident matbuot kotibi Dmitriy Peskovning aytishicha, Fridrix Mersning uzoq masofali qurollar haqidagi bayonotlari Ukrainadagi tinchlik jarayoni trayektoriyasiga kirishga urinishlarga toʻsqinlik qiladi va harbiy harakatlarni davom ettirishga undaydi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер