Oʻzbekiston Prezidenti Afgʻoniston bilan savdo-iqtisodiy hamkorlikni mustahkamlash muhimligini qayd etdi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Toshkent xalqaro investitsiya forumi tadbirlarida ishtirok etayotgan Afgʻoniston sanoat va savdo vaziri vazifasini bajaruvchi Nuriddin Aziziyni qabul qildi.
Suhbat avvalida vazir Oʻzbekiston yetakchisiga Afgʻoniston rahbariyatining samimiy salomini yetkazdi.
Savdo-iqtisodiyot, transport-logistika, energetika va agrar sohalarda, shuningdek, geologiya-qidiruv va foydali qazilmalar borasidagi oʻzaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari koʻrib chiqildi.
Ishbilarmonlik aloqalari faollashgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Oʻzaro tovar ayirboshlash hajmi, qoʻshma korxonalar soni ortmoqda, ikki mamlakat kompaniyalari ishtirokida biznes tashriflari va koʻrgazmalar muntazam oʻtkazilmoqda. Termiz shahrida Xalqaro savdo markazi muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda. Joriy yilning may oyida Kobul va Mozori Sharif shaharlarida savdo uylari ochildi.
Oʻzbekiston rahbari iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikning shartnomaviy-huquqiy asoslarini yanada mustahkamlash muhimligini taʼkidladi.
Shuningdek, “Hayraton” sanoat markazini tez fursatda barpo etish, u yerda farmatsevtika, mebelsozlik, toʻqimachilik mahsulotlari, qurilish materiallarini ishlab chiqarish, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash quvvatlarini joylashtirish zarurligi taʼkidlandi.
Transafgʻon temir yoʻli va “Surxon - Puli-Xumri” elektr uzatish liniyasini qurish kabi yirik mintaqaviy infratuzilma loyihalari qoʻllab-quvvatlandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar miqdori 10 foizga oshiriladi
- Kadastr pasportlarini berish muddatlari oʻzgartirildi
- Olimlar Alsgeymer kasalligidan himoya qiluvchi parhez haqida maʼlumot berishdi
- Dollar kursi oshishda davom etmoqda
- “Gʻalaba bogʻi”da mudofaa innovatsion texnologiyalari festivali oʻtkazildi—Fotoreportaj
- Prezident Makkada boʻlib turgan muftiy shayx Nuriddin Xoliqnazar bilan telefonlashdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring