Shavkat Mirziyoyev Tojikiston Bosh vaziri Qohir Rasulzodani qabul qildi

Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Tojikiston Respublikasi Bosh vaziri Qohir Rasulzodani qabul qildi.
Uchrashuv avvalida Qohir Rasulzoda davlatimiz rahbariga Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmonning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.
Oʻzbekiston-Tojikiston doʻstlik, yaxshi qoʻshnichilik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini oliy darajadagi kelishuvlar ijrosi doirasida yanada mustahkamlashning dolzarb masalalari koʻrib chiqildi.
Koʻp qirrali hamkorlikda yuksak darajaga erishilgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Tovar ayirboshlash va yuk tashish hajmi ortmoqda, sanoat, energetika, elektrotexnika, toʻqimachilik, qishloq xoʻjaligi va boshqa ustuvor tarmoqlarda kooperatsiya loyihalari amalga oshirilmoqda.
Samarali hududlararo aloqalar va faol madaniy-gumanitar almashinuv yoʻlga qoʻyilgan.
Sheriklikning yangi iqtisodiy kun tartibini shakllantirish, tovar ayirboshlashni koʻpaytirish boʻyicha taʼsirchan choralarni ishlab chiqish, kooperatsiya va chegaraoldi hamkorlik loyihalarini faol ilgari surish muhim ekani taʼkidlandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar miqdori 10 foizga oshiriladi
- Kadastr pasportlarini berish muddatlari oʻzgartirildi
- Olimlar Alsgeymer kasalligidan himoya qiluvchi parhez haqida maʼlumot berishdi
- Dollar kursi oshishda davom etmoqda
- “Gʻalaba bogʻi”da mudofaa innovatsion texnologiyalari festivali oʻtkazildi—Fotoreportaj
- Prezident Makkada boʻlib turgan muftiy shayx Nuriddin Xoliqnazar bilan telefonlashdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring