Xorazmda maktab direktori oʻquvchi qizlarni sochidan tortib kaltakladi

16:49 28 Aprel 2025 Jamiyat
187 0

Ijtimoiy tarmoqlarda Xorazm viloyatida maktab direktori oʻquvchi qizlarni sochidan tortib urgani aks etgan videolar tarqaldi. Holat yuzasidan viloyat Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi maʼlumot berdi.

Qayd etilishicha, voqea joriy yilning 7-aprel kuni Qoʻshkoʻpir tumanidagi 14-son maktabda sodir boʻlgan. Shu kuni maktab direktori dars vaqtida 11-sinf oʻquvchilarining xonasiga kirib, bir necha qizlar sochini yigʻmagani sababli ularning sochidan tortib, tanbeh bergan va buning ortidan ularning biri bilan janjallashib ketgan.

“Holat yuzasidan maktab direktori vakolatli tashkilotlar tomonidan maʼmuriy javobgarlikka tortilgan, shuningdek, pedagogga xos boʻlmagan harakatlari uchun “Hayfsan” intizomiy jazo chorasi qoʻllanilganligini maʼlum qilamiz”, deyiladi boshqarma munosabatida.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер