Qoraqalpogʻistonda yuk mashinasi portlab ketdi
Videodan kadr
Qoraqalpogʻistonning Toʻrtkoʻl tumanida MAN yuk avtomobili portlab ketdi. Bu haqda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, joriy yilning 21-mart kuni soat 13:50 atrofida Toʻrtkoʻl tumani “Guliston” MFY hududidagi ustaxonada MAN rusumli yuk avtomobilining yonilgʻi bakida payvandlash ishlari olib borilishi oqibatida portlash yuz bergan.
Hodisa tufayli MAN va “Ford” rusumli avtomobillar toʻliq, DAF rusumli avtomobilning orqa shinalari qisman zararlangan.
Qoʻshimcha qilinishicha, oqibatda Toʻrtkoʻl tumanida yashovchi — 1998-yil va 1980-yil tugʻilgan fuqarolar tan jarohati olib, tuman tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan.
“Vafot etgan fuqarolar yoʻq, moddiy zarar surishtiruvlar davomida aniqlanadi”, deyiladi rasmiy axborotda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring