Sherzod Shermatov: “Prezidentimiz oʻqituvchining maoshini 1000 dollarga yetkazish kerakligini koʻp aytganlar”
Arxiv foto
“Xalq soʻzi ONLINE”. Hasan Toshxoʻjayev/Toshkent. Ayni paytda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Xalq taʼlimi vazirligi mutasaddilari ishtirokida “Oʻqituvchilarning jamiyatdagi nufuzini oshirish bilan bogʻliq muammolar va ularning yechimlari” mavzusida matbuot anjumani boʻlib oʻtmoqda.
Unda xalq taʼlimi vaziri Sherzod Shermatov soʻzga chiqib, jamiyatda oʻqituvchining maqomini yuksaltirish, mavqeini oshirish, ijtimoiy taʼminlanganlik darajasini koʻtarish, oʻqituvchini oʻz xizmat vazifasidan tashqari ishlardan ozod qilish singari sohalarda amalga oshirilayotgan ishlar xususida aytib oʻtdi.
“Davlatimiz rahbarining eng birinchi qarori ham oʻqituvchining maqomini oshirishga qaratilgan edi, - dedi xalq taʼlimi vaziri. - Vaqti kelib, jamiyatda oʻqituvchining mavqei bundan ham yuksaladi. Prezidentimiz har bir videoselektorda oʻqituvchilar haqida albatta gapirib oʻtadilar, “Ularning oyligini 1000 dollarga chiqarmaguncha toʻxtamaymiz”, deb koʻp aytadilar. Nasib qilsa, albatta, shu darajaga boramiz”, dedi Sherzod Shermatov.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Namanganda 3 ta yirik institut bitta universitetga birlashtiriladi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
- Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist Oygul Xalilova vafot etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring