Bir qator pedagoglar majburiy attestatsiyadan ozod etiladi
Oʻzbekiston Vazirlar Mahkamasining 130-sonli qarori asosida pedagoglarni attestatsiyadan oʻtkazish, kasbiy sertifikatlash va ragʻbatlantirish tizimi takomillashtiriladi. Mazkur qaror bilan taʼlim sohasidagi qator muhim oʻzgartishlar tasdiqlandi.
Unga koʻra, 2025-yil 1-sentyabrgacha bir qator pedagoglar majburiy attestatsiyadan ozod etiladi. Jumladan, oliy malaka toifasiga ega boʻlib, 15-yildan buyon ushbu toifani saqlab kelgan oʻqituvchilar, 25-yil va undan koʻp pedagogik ish stajiga ega mutaxassislar, yoshga doir pensiyaga chiqishiga 5-yildan kam vaqt qolgan pedagoglar hamda pensiya yoshidagi oʻqituvchilar mazkur talablardan ozod qilinadi. Bu oʻqituvchilar oʻz amaldagi malaka toifasi boʻyicha ishlab, shu asosda haq toʻlab boriladi.
Shuningdek, belgilangan talablarga javob beradigan ayrim oʻqituvchilarga toʻgʻridan-toʻgʻri malaka toifasi beriladi. Xususan, 25-yildan ortiq pedagogik ish stajiga ega mutaxassislar, pensiya yoshiga yaqin qolgan oʻqituvchilar va 15-yildan buyon oliy malaka toifasini saqlab kelgan pedagoglar ushbu huquqdan foydalanishi mumkin. Ularga oliy malaka toifasi yoki bosh oʻqituvchi lavozimi toʻgʻridan-toʻgʻri beriladi.
Qarorda taʼlim sohasini yanada takomillashtirishga qaratilgan bir qator tashabbuslar ham belgilangan. Ular orasida musiqa madaniyati va jismoniy tarbiya fani pedagoglari, pensiya yoshidagi oʻqituvchilar va oliy maʼlumotga ega boʻlmagan pedagoglarni attestatsiyadan oʻtkazish, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimida faoliyat yuritayotgan malakali pedagoglar va ilgʻor xodimlarni ragʻbatlantirish, shuningdek, vazirlik jamgʻarmasi faoliyatini takomillashtirish kabi vazifalar mavjud.
Mazkur qaror pedagoglarning mehnat faoliyatini qadrlash, ularni ragʻbatlantirish hamda taʼlim sifatini yanada oshirishga qaratilgan muhim qadamlardan biri sifatida baholanmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring