Bosh prokuratura va Adliya vazirligi huzuridagi multimedia markazlari MTRK tarkibiga qoʻshib yuboriladi

16:53 20 Mart 2019 Jamiyat
1925 0

Foto: Dinara Chirkova / “Xalq soʻzi”

Ikkita yuridik shaxs maqomidagi markazlar — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Axborot-tahlil multimedia markazi va Adliya vazirligi qoshidagi Axborot-tahlil multimedia markazi Milliy teleradiokompaniya tarkibiga qoʻshib yuboriladi. Bu haqda Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasining tegishli buyrugʻi tayyorlangan.

Oldinroq, har ikkala markaz Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi boʻysunuviga oʻtkazilgan edi.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Axborot-tahlil multimedia markazi 2018 yilning yanvar oyida, Adliya vazirligi huzurida axborot-tahlil multimedia markazi esa 2019 yilning 1 fevral kuni rasman ish boshlagan edi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер