Jon boshiga uy-joy hajmi 19 kvadrat metrdan oshdi
Oʻtgan yilning oʻzida 100 mingdan ziyod xonadonga ega 2 ming 44 ta koʻp qavatli uy barpo etildi. Jon boshiga uy-joy hajmi 19 kvadrat metrdan oshdi (2020-yilda 16 kvadrat metr boʻlgan).
Umuman, 2024-yili yurtimizda 21,4 million kvadrat metr turar joy va 19,1 million kvadrat metr noturar obyektlar, jami 40,5 million kvadrat metr bino-inshoot qurildi.
Oʻtgan yilda qurilgan 100 ming xonadon hisobiga pudratchilar, boshqaruv va servis, qurilish materiallari, transport kabi sohalarda 350 ming odam ishli boʻldi. Mebel, elektrotexnika, toʻqimachilik, qurilish materiallari sohalarida qoʻshimcha 11 trillion soʻmlik bozor paydo boʻldi.
Qurilishni ragʻbatlantirish uchun 2024-yilda 17 trillion soʻm ipoteka krediti ajratildi, quruvchi va developerlarga aylanma uchun jami 3 trillion soʻm mablagʻ berildi.
Shu bois davlatimiz rahbari hokimlar uy-joy qurilishiga faqat ijtimoiy yoki qurilish masalasi deb emas, balki hududini iqtisodiy rivojlanishida asosiy “drayver” sifatida qarashi zarurligini taʼkidladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Toshkent viloyatida Abdulla Oripov uy-muzeyi ochildi
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Fargʻonada Navroʻz: tinch-osoyishta hayot zavqi, dorilamon kunlar shukronasi...
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring