Surxondaryolik 105 yoshli onaxon saylovda ovoz berdi
Denovlik 105 yoshli onaxon Bibirajab Murodova oʻzi munosib deb bilgan nomzodlarga ovoz berdi.
Surxondaryo viloyatida tashkil etilgan 865 ta saylov uchastkalarida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar deputatligiga saylovda ovoz berish jarayonlari qizgʻin davom etmoqda.
Keksa, saylov uchastkasiga kelish imkoniyati boʻlmagan, uyda yotib qolgan fuqarolarning ham ovoz berishi uchun zarur sharoitlar yaratilgan.
Denov tumanidagi Bogʻi Eram mahallasida yashovchi 105 yoshli onaxon Bibirajab Murodovaning xonadoniga kelgan masʼullar uning konstitutsion huquqidan foydalanishiga sharoit yaratib berishdi. Onaxon oʻzi munosib deb bilgan nomzodlarga ovoz berdi.
Piru badavlat onaxon yurtimiz tinchligini tilab, duoga qoʻl ochdi.
Farhod ESONOV
“Xalq soʻzi”
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Fargʻonada Navroʻz: tinch-osoyishta hayot zavqi, dorilamon kunlar shukronasi...
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Markaziy Osiyoning intellektual merosini ulugʻlashda yangi bosqich Toshkentda boshlanmoqda — The Washington Post
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring