Oʻzbekiston shaxmat terma jamoasi bugun Trinidad va Tobago hamda Haitiga qarshi dona suradi
Bugun Vengriya poytaxti Budapesht shahrida 45-Butunjahon shaxmat olimpiadasining birinchi turi boshlanadi. 11-sentyabrdan 22-sentyabrga qadar davom etadigan musobaqada erkaklar oʻrtasida 193 ta, ayollar oʻrtasida esa 181 ta jamoa qatnashadi.
Bugun yigitlarimizga Trinidad va Tobago terma jamoasi raqib boʻlsa, qizlarimiz Hayiti bilan kuch sinashadi.
Oʻzbekiston terma jamoasi quyidagi tarkibda qatnashadi:
Erkaklar terma jamoasi:
1. Nodirbek Abdusattorov
2. Javohir Sindarov
3. Nodirbek Yakubboyev
4. Shamsiddin Vohidov
5. Jahongir Vahidov
Qizlar terma jamoasi:
1. Afruza Hamdamova
2. Nilufar Yakubboyeva
3. Umida Omonova
4. Marjona Malikova
5. Nodira Nodirjonova
Eslatib oʻtamiz, Hindistonda boʻlib oʻtgan 44-Butunjahon shaxmat olimpiadasida Oʻzbekiston erkaklar terma jamoasi chempion boʻlgan edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring