Ilon Maskga tegishli kompaniya Qozogʻistondagi 1800 ta maktabni internet bilan taʼminladi

16:54 31 Avgust 2024 Dunyo
520 0

Qozogʻiston hukumati SpaseX kompaniyasining “Starlink” terminallari yordamida deyarli 1,8 ming maktabni internetga uladi. Bu haqda Report.az xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, hozirda orbitada 4500 dan ortiq “Starlink” sunʼiy yoʻldoshlari mavjud. Ushbu yoʻldoshlar orqali Qozogʻistondagi 1800 ta maktab endi internet bilan toʻla taʼminlanadi.

“Raqamli infratuzilmani rivojlantirish boʻyicha faol ishlar olib borilmoqda, bugungi kunda 1757 ta maktabda «Starlink” sunʼiy yoʻldoshli internet tarmogʻi oʻrnatildi, buning natijasida 122 ta maktabda internet tarmogʻiga ulanish ishlari tugallandi. Shu vaqt ichida maktab oʻquvchilari uchun 11 platformada mavjud boʻlgan barcha darsliklar va elektron versiyalarini raqamlashtirish tugallandi», — deyiladi hukumat matbuot xizmati xabarida.

Qayd etilishicha, joriy yilda Qozogʻistonning 15 universitetida “Generative AI” dasturi doirasida 12 ming talaba uchun sunʼiy intellekt boʻyicha “Google” kurslari ham oʻqitiladi.

Shu bilan birga, “Google for Education pilot” loyihasida ikkita oliy taʼlim muassasasi ishtirok etadi.

Maʼlumot uchun aytish mumkinki, “Starlink” internet qimmat yoki umuman mavjud boʻlmagan joylarda yuqori tezlikdagi internetga kirishni taʼminlash uchun “SpaceX” tomonidan joylashtirilgan global sunʼiy yoʻldosh tizimi hisoblanadi.

Avvalroq, Elbek Sultonov Paralimpiya oʻyinlari chempioni boʻlgandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?