Sanepidqoʻmita aholini sutkaning soat 23:00 dan 06:00 gacha boʻlgan vaqt oraligʻida “qoʻriqlaydi” – qonun loyihasi

Foto: Qonunchilik palatasi matbuot xizmati
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida “Aholini shovqinning zararli taʼsiridan himoya qilish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi ikkinchi oʻqishda koʻrib chiqildi. Bu haqda Qonunchilik palatasi matbuot xizmati xabar qildi.
Maʼlum qilinishicha, ushbu qonun loyihasi bilan aholini shovqinning zararli taʼsiridan himoya qilishning asosiy prinsiplari, atrof tabiiy muhitga shovqin orqali zararli taʼsir koʻrsatganlik uchun kompensatsiya toʻlovlari, aholini shovqinning zararli taʼsiridan himoya qilish sohasidagi davlat organlarining vakolatlari belgilab berildi.
Bundan tashqari, davlat organlari, jismoniy va yuridik shaxslarning aholini shovqinning zararli taʼsiridan himoya qilish sohasidagi vazifa va funksiyalari hamda javobgarlik sohalarining aniq chegaralari ham ushbu qonun loyihasi orqali koʻrsatib oʻtilgan. Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi esa aholini shovqinning zararli taʼsiridan himoya qilish sohasidagi vakolatli organ boʻladi. Qonun loyihasi bilan fuqarolarning osoyishtaligi va normal dam olishini buzadigan harakatlarning qatʼiy roʻyxati ham tasdiqlandi.
Qayd etish kerakki, tungi vaqtda — sutkaning soat 23:00 dan 06:00 gacha boʻlgan vaqt oraligʻida, shuningdek dam olish kunlari va qonunchilik bilan belgilangan ishlanmaydigan bayram kunlari soat 22:00 dan 09:00 gacha vaqt oraligʻida — fuqarolarning osoyishtaligi va normal dam olishini buzganlik uchun maʼmuriy javobgarlikni kuchaytirish taklif etilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Saudiya Arabistonida “Oʻzbekiston madaniyati kunlari” davom etmoqda
- Toshkentda “Oʻzbekkosmos” va “NASA” agentliklari hamkorligida “NASA Space Apps Challenge 2025” Hakaton tadbiri oʻtkazilmoqda
- Super oy: Bugun Yerning tabiiy yoʻldoshi odatdagidan ancha katta koʻrinmoqda
- JSST: Gʻazoda birorta shifoxona toʻliq ishlamayapti
- Aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish tartibi belgilandi
- Markaziy Osiyo pedagoglari Nukusda jam boʻldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring