Aholi roziligisiz hech bir uy buzilmaydimi?
Xabaringiz bor, Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxoʻjayev Mirzo Ulugʻbek tumanida istiqomat qiluvchi aholi bilan olib borilgan ochiq muloqoti davomida “aholi roziligisiz hech bir uy buzilmaydi”, deb taʼkidladi. Bu holat baʼzi ijtimoiy tarmoqlar tomonidan tuman aholisining ayrim qismida uygʻotilgan sarosima va norozilik holatlariga barham berdi.
Shahar hokimining aytgan soʻzlari nafaqat Mirzo Ulugʻbek tumaniga, balki poytaxtimizning barcha hududiga ham tegishlidir.
Qolaversa, aholi roziligisiz hech bir uy buzilmasligi toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 1 avgustdagi PF-5495-sonli Farmonida aniq belgilab qoʻyilgan: “… jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli boʻlgan turar joy va ishlab chiqarish binolari, boshqa imoratlar va inshootlarning buzilishiga koʻchmas mulkning bozor qiymati va olib qoʻyish sababli mulkdorga yetkazilgan zararning oʻrni toʻliq qoplanganidan keyin ruxsat beriladi”.
Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 29 maydagi 97-sonli qarorida ham mazkur masala yuzasidan alohida Nizom tasdiqlangan.
Undan tashqari, Oʻzbekiston Respublikasining Uy-joy kodeksining 27-moddasida ham bu borada aniq normalar oʻrnatilgan.
Shu qatorda, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yildagi 15-avgustdagi “Toshkent shahrida investitsiya muhitini yaxshilash boʻyicha eksperimentni amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5511 Farmoni bilan investorlar uchun Toshkent shahrida investitsion loyiha amalga oshirish uchun yer uchastkalarini ajratish tartiblari belgilangan.
“Hurmatli hamshaharlar, Toshkent shahar hokimligi sizning qonun va qonunosti hujjatlarida belgilangan huquqlaringiz buzilmasligi yoʻlida barcha choralarni koʻradi”, deyiladi Toshkent shahar hokimligi xabarida.
Quyida investorga taqdim etilgan Toshkent shahar hokimi qarori nusxasi keltirilgan. Ushbu qarorda ham buzilishga tushgan turar va noturarjoy binolarini buzish yuqorida keltirilgan Nizom asosida, yaʼni mulk egalariga yetkazilgan zarar toʻliq qoplanganidan soʻng amalga oshirilishi aniq koʻrsatib oʻtilgan. Qaror doirasida, qarorning 2-bandida koʻrsatilgan komissiya turar (noturar) joy egasi va investor ishtirokida masalani koʻrib chiqadi va joy egasiga yetkazilgan zarar investor tomonidan toʻliq qoplab berilganligini tasdiqlaydi. Faqat shundan soʻngina buzish ishlariga kirishiladi.



Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring