Qozogʻiston Oʻzbekistondan anor mevasini olib kirishni taqiqladi

17:53 20 Fevral 2019 Iqtisodiyot
2510 0

Kechadan boshlab Qozogʻiston oʻz hududiga Oʻzbekistondan anor mevasini olish kelishni vaqtinchalik taqiqladi. Bu haqda Qozogʻiston qishloq xoʻjaligi vazirligi matbuot xizmati maʼlum qildi.

Sababi soʻnggi paytlarda inspektorlar bunday mevalarda zararkunandalar, jumladan, Komstok qurti borligini aniqlashgan.

Jumladan, shu yilning soʻnggi oyida Oʻzbekiston hududidan karantin obyekti komstok qurti bilan zararlangan anor olib kelish bilan bogʻliq ikkita holat aniqlangan.

Maʼlumot uchun, Komstok qurti (Psiudococcus comstocki Huw.) koksidiyalar kenja turkumiga kiradigan hasharot boʻlib, ichki va tashqi karantin obyekti hisoblanadi. Sababi tanasi oq mumsimon parda bilan qoplangan ushbu qurt oʻsimliklarning tanasi, poyalari, shoxlari, barglari, kurtaklari, shona, gʻuncha, gullari, mevalariga zarar yetkazadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер