Alisher Navoiyning “Xamsa” asari arab tiliga tarjima qilinadi
Oʻzbekiston elchixonasi tomonidan Misr davlat kutubxonasida buyuk alloma Alisher Navoiy tavalludining 583-yilligiga bagʻishlangan adabiy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi.
Unda Qohira universiteti va boshqa oliy taʼlim muassasalari, tadqiqot markazlari, adabiyot, sanʼat va madaniyat namoyondalari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari qatnashdi.
Anjumanda soʻzga chiqqanlar Navoiyning turkiy tilni, xususan oʻzbek tilini rivojlantirishga qoʻshgan hissasi va turkiy tilda yozilgan ilk “Xamsa” asari haqida batafsil soʻzlab berdilar.
Navoiyning “Muhokamat ul-lugʻatayn” asari turkiy tilning barcha jozibasi va imkoniyatlarini isbotlab bergani Misr tomonida katta qiziqish uygʻotdi.
Misr vakillari Navoiy kabi buyuk shoirning asarlari hozirga qadar arab tiliga tarjima qilinmaganini afsus bilan qayd etdilar. Bu borada misrlik mutaxassislar bilan birgalikda yangi loyihalarni amalga oshirish, dastlabki bosqichda Navoiyning buyuk “Xamsa” asarini arab tiliga tarjima qilish taklifi ilgari surildi.
Tadbir yakunida Navoiy gʻazal va ruboiylaridan namunalar oʻqildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Prix Versailles talqiniga koʻra 2026-yilning dunyodagi eng goʻzal muzeylari roʻyxatiga kiritildi
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Endilikda yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasini mobil ilova orqali elektron shaklda topshirish mumkin
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- Eronning hujum salohiyati 50 foizga qisqardi – AQSH senatori
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring