Livan BMT sudida Janubiy Afrika Respublikasining Isroilga qarshi daʼvosini qoʻllab-quvvatladi
Foto: AP
Livan Tashqi ishlar vazirligi Janubiy Afrika Respublikasining Gʻazo sektoridagi voqealar yuzasidan Isroilga qarshi daʼvosini qoʻllab-quvvatladi.
Livan tashqi ishlar vazirligi tomonidan taʼkidlanishicha, Janubiy Afrika Respublikasining Gaagadagi Xalqaro sudiga Isroilga qarshi genotsid ayblovi bilan daʼvo qoʻzgʻatish qarorini qoʻllab-quvvatlaydi va bu ish boʻyicha adolatli va shoshilinch qaror kutadi.
“Biz Janubiy Afrika Respublikasi va uning hukumatining 1948-yildagi BMTning Genotsid jinoyatining oldini olish va jazolash toʻgʻrisidagi konvensiyasini buzgan holda jinoyatlarini sodir etganlikda ayblab, Xalqaro sudga Isroilga qarshi daʼvo qoʻzgʻatish borasidagi saʼy-harakatlarini qoʻllab-quvvatlaymiz”, deyiladi vazirlik bayonotida.
Bayonotda aytilishicha, Tashqi ishlar vazirligi “qadriyatlar va inson huquqlari, xususan, xalqaro gumanitar huquqqa hurmatni aks ettiruvchi adolatli va shoshilinch qaror kutadi”.
Gaagadagi Xalqaro sudda 11-12-yanvar kunlari Janubiy Afrikaning Isroilga qarshi daʼvosi boʻyicha tinglovlar boʻlib oʻtmoqda. Janubiy Afrika Respublikasi delegatsiyasi bugungi yigʻilishda soʻzga chiqadi, juma kuni esa Isroil tomoni soʻz beriladi.
Oʻtgan 29-dekabr kuni Janubiy Afrika Respublikasi Gʻazo sektoridagi vaziyat yuzasidan Gaagadagi Xalqaro sudga genotsid konvensiyasi boʻyicha Isroilga qarshi daʼvo kiritib, sudni Isroil rasmiylariga nisbatan vaqtinchalik choralar koʻrishga chaqirgandi.
Janubiy Afrika Respublikasi, Isroilning Gʻazo sektoridagi falastinliklarga qarshi harakatlari “Genotsid konvensiyasi boʻyicha majburiyatlarni buzish” ekanligini taʼkidladi.
Afrika davlatining bayonotiga koʻra, “Afrika davlatiga koʻra, Isroilning xatti-harakatlari va ҳаракатсизлиги... genotsiddir, chunki ular falastinliklarni kengroq milliy, irqiy va etnik guruhning bir qismi sifatida Gʻazo sektorida yoʻq qilish uchun ... aniq niyat bilan sodir etilgan”.
Shundan soʻng Isroil Tashqi ishlar vazirligi Janubiy Afrikaning daʼvosi hech qanday faktik asosga ega emasligi va suddan foydalanish ekanligini, Pretoriya esa “terrorchilar” bilan hamkorlik qilayotganini maʼlum qildi.
Turkiya, Malayziya, Venesuela, Braziliya va Eron kabi qator davlatlar Janubiy Afrika Respublikasining Isroilga qarshi daʼvosini qoʻllab-quvvatladi. AQSH Davlat departamenti daʼvo haqida gapirar ekan, Gʻazo sektorida genotsid alomatlarini koʻrmaganini aytdi va Yevropa komissiyasi bu masala boʻyicha izoh bermadi.
Isroil Xalqaro Sudning yurisdiksiyasini tan olmaydi va shu paytgacha uning jarayonlari yoki qarorlarini eʼtiborsiz qoldirdi. Biroq, “Jerusalem Post” taʼkidlaganidek, bu safar Tel-Aviv vakillari sudda ishtirok etadilar, chunki Isroil Genotsid jinoyatining oldini olish va jazolash toʻgʻrisidagi konvensiyani imzolagan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Toshkent viloyatida Abdulla Oripov uy-muzeyi ochildi
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Fargʻonada Navroʻz: tinch-osoyishta hayot zavqi, dorilamon kunlar shukronasi...
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring