Jo Bayden prezidentligi davrida AQSHning Ukrainaga bergan harbiy yordami miqdori maʼlum qilindi
Foto: Reuters
Jo Bayden prezidentligi davrida AQSH tomonidan Ukrainaga berilgan harbiy yordamning umumiy miqdori 44,5 milliard dollardan oshdi. Bu haqda Pentagon xabar berdi.
Qayd etilishicha, Rossiya maxsus harbiy operatsiyasi boshlanganidan beri AQSHning Ukrainaga bergan yordami miqdori 43,9 milliard dollarni tashkil qilgan.
Avvalroq AQSH Davlat departamenti Ukraina Qurolli kuchlariga 150 million dollar miqdorida harbiy yordamning yangi paketi ajratilishini maʼlum qilgandi.
“Yangi yordam paketi havo hujumidan mudofaa tizimlari, artilleriya va tankka qarshi qurollarni oʻz ichiga oladi”, deyiladi departament bayonotida. 25-oktyabr kuni “Politico“ gazetasi Ukraina va Isroilga keyingi harbiy yordam soʻrovi AQSH Senatida maʼqullanishi bilan bogʻliq muammolarga duch kelishi mumkinligiga ishora qilgandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- Toshkentda “UzFood 2026” va “OʻzuPACK 2026” Xalqaro koʻrgazmalari boʻlib oʻtmoqda (+fotoreportaj)
- Shayxa Nosir Al Novays: “Men bu kabi yondashuvni avval koʻrmaganman”
- Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligini keng nishonlashga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish toʻgʻrisida
- “Yengilmas: Tokioga yoʻl”
- Toshkentda Amir Temur tavalludining 690-yilligi munosabati bilan harbiy parad oʻtkazilmoqda (fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring