Prezident Jo Baydenni koʻp bora masxara qilgan senatorning oʻzi samolyot zinasidan yiqilib tushdi
AQSH prezidenti Jo Baydenni zinadan qulagani uchun masxara qilgani bilan tanilgan Alabama shtatidan respublikachi senator Tommi Tubervilning oʻzi samolyot trapidan qulab tushdi.
Kadrlarda qoʻlida chamadon va sport sumkasi boʻlgan senator qanday qilib muvozanatni yoʻqotgani va trap panjarasidan ushlab pastga sirpanib tushgani tasvirlangan. Qayd etilishicha, video X ijtimoiy tarmogʻining (avvalgi Twitter) Amerika segmentida keng tarqalgan.
Avvalroq, Bayden Detroytda samolyotdan pastga tushayotganda muvozanatni yoʻqotgan, ammo oxir-oqibat oyoqqa turishga muvaffaq boʻlgani va zinapoyadan pastga tushishda davom etgani aks etgan lavha tarqalgandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari eʼlon qilindi
- “Barselona” qiyin gʻalabani qoʻlga kiritdi
- Ayollar Osiyo chempionati musobaqasining 3-tur oʻyinlari davom ettirildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring