Aholiga 3,2 mlrd. soʻm miqdordagi sifatsiz dorilar sotilishining oldi olindi

16:45 04 Yanvar 2024 Jamiyat
673 0

Bu haqda AOKAda oʻtkazilgan brifingda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshligʻi Dilshod Rahimov maʼlum qildi.

Shu bilan bir qatorda, kuchli taʼsir qiluvchi, narkotik hamda psixotrop moddalarni saqlash va oʻtkazish bilan bogʻliq fosh etilgan 90 ta jinoyat ishi doirasida 423 mln soʻmlik dorilar noqonuniy muomaladan olib qoʻyildi.

Hisobot davrida tadbirkorlik subyektlarining himoyasi, biznesni rivojlantirishga toʻsiq boʻlayotgan omillarni bartaraf etish borasida ular faoliyatiga noqonuniy aralashish, huquq va manfaatlarini qoʻpol ravishda buzish bilan bogʻliq 181 ta jinoyatga chek qoʻyildi.

Inson hayotiga hamda sogʻligʻiga xavf soluvchi kontrafakt va sifatsiz mahsulotlarni ishlab chiqarish hamda oʻtkazish bilan bogʻliq 434 ta huquqbuzarlik aniqlanib, 23,4 mlrd soʻmdan ziyod boʻlgan yaroqsiz mahsulot muomaladan olib qoʻyildi.

Bundan tashqari, 1 515 ta tadbirkorlik subyektiga huquqiy va amaliy yordam koʻrsatilib, natijada 3 157 ta yangi ish oʻrinlari yaratildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?