Jahon banki Kogon shahriga 37 mln dollar miqdorida qarz mablagʻi ajratmoqda
Kogon shahriga qaytarish muddati 30 yil sharti bilan 37 million AQSH dollari miqdorida qarz mablagʻi ajratiladigan boʻldi. Bu mablagʻ Jahon bankining “Oʻrta shaharlarni kompleks rivojlantirish” loyihasi doirasida Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki tomonidan beriladi.
Sarmoya hududda ichimlik suvi taʼminoti va oqava suv tizimi ishini zamon talablariga moslashtirish,Kogon – Buxoro yoʻnalishida sayyohlar uchun xizmat koʻrsatadigan avtobuslar qatnovini yoʻlga qoʻyish, obodonlashtirish yumushlari uchun maxsus avtoulovlar xarid qilish kabi maqsadlar uchun sarflanadi.Eʼtiborlisi, shu dastur doirasida Kogon shahridagi oʻndan ziyod madaniy meros obyekti rekonstruksiya qilinadi.Ular orasida Abdulahadxon tarixiy inshooti ham bor.
Yaqinda Jahon bankining Oʻzbekistondagi vakolatxonasi katta mutaxassisi Rozanna Nitti Buxoro viloyati hokimi Oʻ. Barnoyev bilan uchrashib, shu boradagi hamkorlikka oid masalalar yuzasidan fikrlashdi.
Taʼkidlash joizki, biz yuqorida nomini tilga olgan yirik loyihaga tajriba – sinov hududi sifatida Toshkent viloyatining Yangiyoʻl hamda Namangan viloyatining Chortoq tumanlari ham tanlab olingan.
Istam IBROHIMOV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring