Madaniyat

Fototanqid! Me’moriy majmua qachon songa kiradi?

Bugungi yoriq devor ertaga qulab tushadi, indinga esa yer bilan yakson bo‘ladi. Unday chog‘da nechog‘li puxta bo‘lmasin, ko‘zlangan rejaning ham foydasi bo‘lmaydi. O‘smani hayitda qo‘yilishi haqidagi xalq naqli esa faqat qosh haqida emasligini unutmaslik lozim.

17:25 25 May 2018
Qiziqchi Obid Asomov ham rahbarlik lavozimiga tayinlandi

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Obid Asomov «Multiplikatsion filmlar studiyasi» davlat unitar korxonasi direktori lavozimiga tayinlandi. Bu haqda «O‘zbekkino» milliy agentligi rasmiy sayti xabar bermoqda.

18:35 24 May 2018
Aktyor Matyoqub Matchonov yangi uyushma raisi etib tayinlandi

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, "Do‘stlik" ordeni sohibi Matyoqub Matchonov O‘zbekiston Kinoarboblari ijodiy uyushmasiga rais etib tayinlandi. Bu haqda “O‘zbekkino”ning feysbukdagi sahifasida xabar berilgan.

15:42 24 May 2018
“Kitob bayrami” tadbirlari boshlandi

Bugun poytaxtimizning Sayilgoh ko‘chasi har qachongidan-da gavjum. Bu yerda O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi tomonidan qator vazirlik hamda idoralar, jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish — buyuk maqsadlarimizga erishishning muhim kafolatidir” shiori ostidagi an’anaviy respublika kitob bayramiga...

12:21 24 May 2018
Chingiz Aytmatov saboqlari

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning shu yil 2 apreldagi “Buyuk adib va jamoat arbobi Chingiz Aytmatov tavalludining 90 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida”gi qarori mamlakatimizda kitob mutolaasi, yoshlar tarbiyasi davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi sifatida tanlanganini yana bir marta isbotladi. Zero, Chingiz Aytmatov dunyoga...

10:05 23 May 2018
“Ruh 5:13” filmining 4-qismi kino teatrlarda namoyish qilinmoqda 

Rejissor Shavkat Jayron tomonidan 2017-yilda suratga olingan “Ruh 5:13” filmining 4-qismi 21-maydan boshlab Alisher Navoiy nomli kino saroyida namoyish qilinadi.

12:13 21 May 2018
Folklor san’atimiz xalqaro miqyosda namoyish etiladi

O‘zbekiston Madaniyat vazirligi Respublika madaniyat muassasalari faoliyatini tashkil etish ilmiy-metodik markazidan xabar qilinishicha, joriy yilning 30-31 may kunlari  Navoiy viloyatining Nurota tumanidagi qadimiy va muqaddas chashma qadamjosi hududida an’anaviy “Nurli navolar” xalqaro folklor festivali bo‘lib o‘tadi.

12:01 21 May 2018
“Saylgoh” ko‘chasida kitob sayli

2018 yilning 24-25 may kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahrida “Kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish – buyuk maqsadlarimizga erishishning muhim kafolatidir” shiori ostida Respublika “Kitob bayrami” o‘tkaziladi.

11:44 21 May 2018
O‘zbekistonda Yevropa kino festivali o‘tkaziladi

Joriy yilning 25-30 may kunlari poytaxtimizdagi Alisher Navoiy nomli kino saroyida 6-Yevropa kinosi festivali o‘tkaziladi. Festival “O‘zbekkino” Milliy agentligi hamda Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi delegatsiyasi hamkorligida tashkil etilmoqda.

18:50 18 May 2018
Toshkentda nufuzli xalqaro ko‘rgazma boshlandi

Yoshlar ijod saroyida “Oltin qo‘l hunarmand” xalqaro ko‘rgazmasi boshlandi. 

17:46 18 May 2018