Yoshlarning kuch-qudrati dunyo hamjamiyatining taraqqiy etishi uchun muhim omildir

1999-yilning 17-dekabrida BMT Bosh Assambleyasi oʻzining 54/120 raqamli qarori bilan Xalqaro yoshlar masalasi bilan shugʻullanuvchi vazirlar konferensiyasida (Lissabon, 1998-yil 8-12-avgust) taklif etilgan tavsiyasiga koʻra, 12-avgust — Xalqaro yoshlar kuni, deb eʼlon qilindi.
Maʼlumotlarga koʻra, bugungi kunda yoshlar dunyo aholisining qariyb 25 foizini tashkil etadi. Yaʼni 30 yoshgacha boʻlgan 2 milliardga yaqin aholi boʻlib, ularning aksariyati rivojlanayotgan davlatlar va Markaziy Osiyo hissasiga toʻgʻri keladi. Ushbu koʻrsatkich soʻnggi oʻn yilda yana-da ortishi va bu jarayon asosan bizning mintaqamizda yuz berayotganini koʻrishimiz mumkin. Yurtimizda esa aholining 60 foizdan ziyodini yoshlar tashkil etib kelmoqda.
Mazkur kunda butun dunyo boʻylab yoshlar, ularning jamiyat rivojlanishidagi tutgan oʻrni haqidagi tushunchalarni keng tarqatishga qaratilgan bir qator keng koʻlamdagi tadbirlar, shuningdek, turli mavzulardagi konferensiyalarni oʻtkazishdan tortib, katta miqyosdagi konsertlarni tashkil etish kabi ishlardan iborat boʻlar edi. Hozirda dunyoda koronavirus pandemiyasi tufayli ushbu tadbirlarga oʻzgartirish kiritilib, masofadan onlayn tarzda reja asosida oʻtkazilmoqda.
Butun dunyoda yoshlar, ularning yetakchilik, ijodiy salohiyati, kuch-qudrati va joʻshqinligi dunyo jamiyatining doimiy rivojlanishi, taraqqiy etishi uchun oʻta muhim omil hisoblanadi.
Fursatdan foydalanib 12-avgust – Xalqaro yoshlar kuni munosabati bilan Mamlakat ertangi kuni, jamiyat oʻzgarishlarga sabab boʻladigan, bunyodkorlik gʻoyalarini hayotga tatbiq etuvchi muhim kuch, maʼnaviy salohiyatli kelajak poydevori ekanliklarini unutmasliklarini soʻragan holda aziz yoshlarni bugungi qutlugʻ bayrami bilan samimiy tabriklayman. Barcha yoshlarga ulkan yutuqlar, baxt va omad doimo hamrohlari boʻlishini tilayman.
Baxtiyor SAYFULLAYEV,
Oliy Majlis Senati
Yoshlar, madaniyat va sport
masalalari qoʻmitasi raisi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Shavkat Mirziyoyev 30-iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan o‘tkazilgan uchrashuvda nutq so‘zladi.
- Nodavlat oliy taʼlim muassasalari ustav fondini kamida 2 million AQSH dollari ekvivalentida shakllantirilishi shart – Vazirlar Mahkamasi qarori
- “Jasorat maktablari”ga oʻquvchilarni qabul qilish tartibi belgilandi
- Yetakchilar “Imorat” tarixiy-meʼmoriy majmuasiga bordi
- “Xalq soʻzi” bo'lim muharriri “Oltin qalam” mukofoti sohibi boʻldi
- Xiva shahrida Birinchi Oʻzbekiston-Ozarbayjon parlamentlararo forumi muvaffaqiyatli yakunlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring