Vazirlik, idora va yirik xoʻjalik birlashmalarining xodimlarini oliy taʼlimga qabul qilish soddalashtirildi
Joriy yilda oliy taʼlim muassasalarining maxsus sirtqi boʻlimi uchun kvotalar ajratilmadi. 2019/2020 oʻquv yilidan OTMlarning vakolatlari kengaytirilgani holda ularga yirik ishlab chiqarish subyektlari va tashkilotlar bilan hamkorlikda kadrlarni tayyorlash huquqi berildi.
Endilikda, OTMlar vazirlik, idora va yirik xoʻjalik birlashmalarining ehtiyojlaridan kelib chiqib, ularning tavsiyanomasi asosida xodimlarini kunduzgi taʼlim shaklining bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga mos yoʻnalishlar doirasida tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt asosida sirtqi va kechki taʼlim shaklida oʻqitish imkoniyatiga ega.
Bunda, oʻqishga qabul qilish tegishli ish beruvchilarning tavsiyasi asosida kamida besh yil ish stajiga ega boʻlgan xodimlar hisobidan keyinchalik ushbu tizimda besh yil ishlab berish sharti bilan ish faoliyatiga mos boʻlgan bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga suhbat asosida amalga oshiriladi.
Iqtisodiyot tarmoqlarida kamida besh yil ish stajiga ega boʻlgan fuqarolarni sirtqi va kechki taʼlim shakliga suhbat natijalariga koʻra tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga qabul qilish tartibi hamda xodimlarini oʻqishga tavsiya etish huquqiga ega boʻlgan vazirlik, idora va yirik xoʻjalik birlashmalarining roʻyxati Davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- Prezident prokuratura organlari xodimlari va faxriylariga tabrik yoʻlladi
- “Katta sakrash” yoxud Oʻzbekiston sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar rivojida yangi bosqichga qadam qoʻydi
- Oʻzbekistonda 2025-yilda 150 tonnadan ortiq sifatli qon tayyorlangan
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring