Tojikiston Prezidenti Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerini qabul qildi
Foto: president.tj
20 noyabr kuni Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon mazkur mamlakatga rasmiy tashrif bilan kelgan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikeri Nurdinjon Ismoilovni qabul qildi.
Uchrashuvda ikki mamlakat oʻrtasidagi hamkorlik, jumladan, parlamentlararo aloqalarni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Emomali Rahmon mehmonni mamnuniyat bilan kutib oldi va ushbu tashrif, uning doirasidagi uchrashuvlar va muzokaralar Tojikiston va Oʻzbekiston oʻrtasidagi sheriklik munosabatlarini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etishiga ishonch bildirdi.
Suhbat avvalida Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikeri Nurdinjon Ismoilov Tojikiston rahbarini Rogʻun GESning birinchi agregatini ishga tushirilgani bilan tabrikladi.
“Men mazkur yirik obyekt muvaffaqiyatli ishga tushirilishidan hayratdaman... Ushbu loyiha nafaqat Tojikiston xalqi uchun, balki Markaziy Osiyo mintaqasi xalqlari uchun ham muhimdir...”, dedi Nurdinjon Ismoilov.
Uchrashuvda ikki davlat oʻrtasidagi munosabatlarning strategik sheriklik darajasiga chiqishida Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Tojikistonga amalga oshirgan davlat tashrifi ahamiyat kasb etgani qayd etildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Oʻzbekistonning 7 ta moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari AYSESKO roʻyxatiga kiritildi
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Erkaklar ayollarga nisbatan koʻproq kaloriya isteʼmol qilishi kerakmi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring