Pandemiya davrida oʻzbekistonliklarni Rossiyaga ishga yuborish jarayoni soddalashtirilmoqda
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining maslahatchisi M.Xayriddinov, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining birinchi oʻrinbosari E.Muhitdinov va Rossiya Federatsiyasining mamlakatimizdagi elchisi V.Tyurdenev ishtirokchida uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuvda koronavirus pandemiyasi paytida Oʻzbekiston fuqarolarini Rossiyada tashkillashtirilgan holda ishga jalb qilish masalasi, Oʻzbekiston va Rossiya Federatsiyasining vakolatli organlari tomonidan ishlab chiqilayotgan migratsiya sohasidagi shartnomalar loyihalarining bugungi kundagi holati muhokama qilindi.
Bugungi kunda mamlakatimizda aholi bandligini taʼminlash, ayniqsa, karantin cheklovlari sababli chet elga ishlash uchun ketolmagan fuqarolarni Rossiya Federatsiyasidagi yirik qurilish obyektlari, ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish sohalariga ishga jalb qilish borasida salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda.
Uchrashuvda ikki mamlakat migratsiya sohasida yaqin hamkorlik qilishga tayyor ekanligi bildirildi.
Shuningdek, Oʻzbekiston tomoni fuqarolarni Rossiyaga ishga joylashtirish masalasida Rossiya hukumatidan ruxsat olish boʻyicha bir nechta takliflar berdi. Berilgan takliflarni Rossiya tomoni muhokama qilib, natijasi boʻyicha maʼlum qilinishini taʼkidladi.
Muzokaralar yakunida tomonlar pandemiya davrida Oʻzbekiston fuqarolarini tashkillashtirilgan holda Rossiyada ishga jalb qilish, xususan, mamlakat hududiga kirishga va ishlash uchun ruxsat olish, mehnat migrantlarini tashkillashtirilgan holda joʻnatish, karantinda boʻlish kabi jarayonlarni soddalashtirish yuzasidan qoʻshma chora-tadbirlar ishlab chiqish boʻyicha kelishuvga erishildi.
Ayni paytda uchrashuvda bildirilgan barcha fikrlar boʻyicha Rossiya tomonidan takliflar olinishi kutilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring