Norinda mototsikl ishlab chiqariladi
“Oʻzavtosanoat” AJ Namangan viloyatida mototsikl ishlab chiqarishni tashkil etadi. Bu Vazirlar Mahkamasining “Namangan viloyatining Norin tumanida sanoat, xizmatlar sohasi va qishloq xoʻjaligini rivojlantirish orqali aholi bandligini taʼminlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarorida belgilab qoʻyildi.
Mazkur loyihaning amalga oshirilishi orqali 500 kishini ish bilan taʼminlash rejalashtirilyapti.
Ushbu hujjatga muvofiq, 2018−2019 yillarda Namangan viloyatining Norin tumanida kafolatli ish oʻrinlari tashkil etish hamda sanoat, xizmatlar sohasi va qishloq xoʻjaligini rivojlantirish loyihalarining manzilli roʻyxati tasdiqlandi.
Shu asosda tumanda jami 100 ta loyiha amalga oshirilishi, bu orqali esa 3 mingdan ziyod yangi ish oʻrni yaratilishi nazarda tutilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- Raqamli Oʻzbekiston uchun kiber-huquqshunoslar: Prezident Farmoni yuridik taʼlimning yangi davrini ochadi
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring