Kitobda 206 xonadon seldan jiddiy zarar ko‘rdi

17:30 14 May 2018 Jamiyat
5785 0
Foto: Internet. Suratning voqeaga aloqasi yo‘q.

Kitob tumanida 13 maydan 14 mayga o‘tar kechasi kuchli yomg‘ir yog‘ishi natijasida sel toshqinlari yuzaga kelib, tumandagi Jillisuv, Bog‘ibaland, Anorzor, Makrid, Ayoqchi mahallalari aholisiga jiddiy ziyon yetkazdi.  
Ma’lumotlarga qaraganda, Jillisuv mahallasidagi 112 xonadon seldan zarar ko‘rib, shundan 7 xonadon uylari yashash uchun yaroqsiz ahvolga kelib qolgan. Bog‘ibaland  mahallasidagi 15 xonadon, Anorzor mahallasidagi 3 xonadon seldan talofat ko‘rgan. Makrid mahallasida 36, Ayoqchi mahallasida esa 40 ta xonadon jiddiy zarar ko‘rgan.

Toshqin qishloqlarni bog‘lovchi 12 ta ko‘prikni yuvib ketgan. Avtomobil yo‘llariga ham jiddiy ziyon yetganligi uchun transport harakati vaqtincha to‘xtatilgan. Bulardan tashqari, aholiga tegishli ayrim transport vositalari ham nom-nishonsiz yo‘qolib qolgani aytilmoqda. 
Sel oqimi aholi xonadonlarida parvarishlanayotgan 120dan ortiq chorva mollarini oqizib ketgan.
Qurbon bo‘lganlar va jarohatlanganlar haqida ma’lumot yo‘q. 

Ayni paytda mahallalarda seldan zarar ko‘rgan xonadonlar oilalari vaqtincha boshqa joylarga ko‘chirilib, tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda.  
Ahad MUHAMMADIYЕV. 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер