Ekstremizmga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonun loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining yaqinda bo‘lib o‘tgan majlisida “Ekstremizmga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonun loyihasi birinchi o‘qishda ko‘rib chiqilgan edi.
Qonun loyihasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Shanxay hamkorlik tashkilotining Ekstremizmga qarshi kurashish konvensiyasini bundan buyon ham amalga oshirish to‘g‘risidagi farmoyishi ijrosini ta’minlash, shuningdek, ushbu Konvensiya normalarini implementatsiya qilish maqsadida ishlab chiqilgan.
Ushbu qonun loyihasi shaxs, jamiyat va davlat xavfsizligini ta’minlashga, konstitutsiyaviy tuzumni va davlatning hududiy yaxlitligini himoya qilishga, fuqarolar tinchligini, millatlararo va konfessiyalararo totuvlikni saqlashga, ekstremizm sohasidagi huquqbuzarliklarning o‘z vaqtida oldini olish, ularni aniqlash va ularga barham berishga, ularning oqibatlarini bartaraf etishga, shuningdek javobgarlikning muqarrarligi prinsipini ta’minlashga imkon berishi bilan ahamiyatli.
Ayni paytda quyi palatada qonun loyihasini ikkinchi o‘qishga tayyorlash jarayoni ketmoqda. Mazkur hujjatni maromiga yetkazish, uni takomillashtirish yuzasidan jamoatchilikning takliflarini olish maqsadida qonun loyihasi parlament quyi palatasi rasmiy veb-saytidagi “Jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgan qonun loyihalari” (http://parliament.gov.uz/uz/laws/discussed/23927/) rukniga joylashtirildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Milliy sertifikat imtihoni natijalari 21 ish kuni ichida e’lon qilinadi — Bilimni baholash agentligi
- Yana bir bozor auksionga qoʻyildi
- Ichki ishlar vaziri Buxoro viloyati IIBning 10 ga yaqin rahbarini ishdan boʻshatdi
- Oʻzbekiston pasporti xalqaro indeksda past natija qayd etdi
- Yangi hafta avvalida qanday ob-havo kuzatilishi maʼlum qilindi
- “Qutadg‘u bilig” dostoni qo‘lyozmasining faksimile nusxasi yaratiladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring