“Dorixona narkomaniyasi” keltirib chiqaradigan tahdidlar haqida maʼlumot yetkazish uchun hech nima qilinmadimi?

Ismat AZIZOV, Sogʻliqni saqlash vazirligi Giyohvand moddalarni nazorat qilish qoʻmitasi raisi:
— Dorixonalar tadbirkorlik subyekti hisoblangani uchun ular faoliyatini toʻgʻridan-toʻgʻri nazorat qilish boʻyicha qonunchilikda cheklovlar mavjud. Lekin buni qayta koʻrib chiqish kerak, deb oʻylayman. Chunki dorixonalarga eʼtibor qaratsak, ularga “doʻkon”deb yozib qoʻyilgan, bu — notoʻgʻri. Dorixonalar doʻkon emas, tibbiyot muassasasi boʻlishi, unda mutaxassislar ishlashi lozim. Agar respublikamizda mavjud mutaxassislar soniga dorixonalar sonini solishtiradigan boʻlsak, bizda buncha mutaxassis yoʻq. Masalan, Toshkent farmatsevtika institutida mustaqillikning dastlabki yillaridan bugunga qadar 5 yoʻnalishda 9 ming atrofida mutaxassis tayyorlangan boʻlsa, shundan 4 mingga yaqini dorixonalar boʻyicha mutaxassislar bitirishgan. Oʻylaymanki, dorixonalarga emas, mutaxassislarga litsenziya berish amaliyotiga oʻtish lozim. Shundagina javobgarlik masʼuliyati boʻladi.
Nikita MAKARENKO, jurnalist, bloger:
— Bir yil avval “dorixona narkomaniyasi” muammosini koʻtarib chiqqandik. Men jurnalistik surishtiruv oʻtkazganman, oʻshandayoq bu muammo jamiyat va aholining barcha qatlamiga taʼsir oʻtkazuvchi epidemiya ekanini anglab yetgandim. Oʻtgan vaqt davomida maʼlum bir choralar koʻrildi, huquq-tartibot organlari bunga qarshi kurash olib bordi, baʼzi giyohvandlik vositalari taqiqlandi. Lekin epidemiya hali chekinmaganini afsus bilan taʼkidlashga majburman.
Nega bunday boʻlmoqda? Birinchidan, bir yil davomida mazkur epidemiya koʻlami qanchaligi haqida gapirishimizga imkon beradigan deyarli hech qanday tadqiqotlar olib borilmadi. Istalgan kurashni ilmiy-asoslangan tadqiqotlar, ijtimoiy soʻrovlardan boshlash lozim. Ikkinchidan, dorixonalarni amaliy nazorat qilish haligacha yoʻlga qoʻyilmagan. Uchinchidan, yil davomida oʻqituvchilar va ota-onalarga “dorixona narkomaniyasi” keltirib chiqaradigan tahdidlar haqida maʼlumot yetkazish uchun hech nima qilinmadi. Ushbu masalalar ustiga giyohvandlikka qarshi kurashish kampaniyani qurish mumkin.
Shuhrat GʻULOMOV, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Narkotik moddalarni nazorat qilish milliy axborot-tahlil markazi boʻlim boshligʻi:
— Maʼlum boʻlgan jinoyatlar bilan birga biz hali koʻrmagan giyohvandlar qanchadan-qancha. Buni jamoatchilik bizdan koʻra yaxshi biladi.
Yana bir jihat borki, narkotiklarning yangi turlari, masalan, sintetik narkotiklar paydo boʻla boshladi. Hatto yoshlarimiz orasida narkotik vositalarni uy sharoitida tayyorlab, isteʼmol qilayotganlari ham bor. Ularning ota-onalari bundan oxirgi nuqtada xabar topyapti. Fursatdan foydalanib, jamoatchilikni ogohlantirmoqchiman: agar qayerda giyohvandlik bilan bogʻliq noqonuniy xatti-harakatlarga guvoh boʻlsangiz, bunga qarshi kurashish birgina huquqni muhofaza qilish idoralarining vazifasi deb oʻylamang. Bu har bir fuqaroning burchidir.
Ushbu fikrlar “Yuksalish” umummilliy harakati tomonidan tashkil etilgan navbatdagi jamoatchilik muloqoti bildirib oʻtildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Shavkat Mirziyoyev 30-iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan o‘tkazilgan uchrashuvda nutq so‘zladi.
- Nodavlat oliy taʼlim muassasalari ustav fondini kamida 2 million AQSH dollari ekvivalentida shakllantirilishi shart – Vazirlar Mahkamasi qarori
- “Jasorat maktablari”ga oʻquvchilarni qabul qilish tartibi belgilandi
- Yetakchilar “Imorat” tarixiy-meʼmoriy majmuasiga bordi
- “Xalq soʻzi” bo'lim muharriri “Oltin qalam” mukofoti sohibi boʻldi
- Xiva shahrida Birinchi Oʻzbekiston-Ozarbayjon parlamentlararo forumi muvaffaqiyatli yakunlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring