Arzon uy-joylar qurilishi, narxi va sifati tanqid qilindi
Oliy Majlisning Sanoat, qurilish va savdo masalalari qoʻmitasi aʼzolari ham muhokamalar chogʻida amalga oshirilgan ishlar bilan bir qatorda, baʼzi kamchiliklar aniqlanganini qayd etishdi.
Jumladan, Davlat dasturiga koʻra, hududlarni obodonlashtirish tizimini yanada takomillashtirishni nazarda tutuvchi Prezident qarorini qabul qilish belgilangan boʻlsa-da, amalda ijrosi taʼminlanmagan. Shuningdek, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari faoliyatining huquqiy asoslarini takomillashtirish maqsadida sohaga taalluqli qonun loyihasini ishlab chiqish vazifasi ham amalda bajarilmagan.
Bundan tashqari, avtomobil va ichki yoʻllar qurilishining respublika miqyosidagi qamrovi, taʼmirlanayotgan yoʻllar sifati, arzon uy-joylar qurilishi, ularning narxi va sifatiga yetarlicha eʼtibor berilmagani deputatlar tomonidan tanqid qilindi.
Ziyoda Ashurova (”Xalq soʻzi”)
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- Prezident prokuratura organlari xodimlari va faxriylariga tabrik yoʻlladi
- “Katta sakrash” yoxud Oʻzbekiston sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar rivojida yangi bosqichga qadam qoʻydi
- Oʻzbekistonda 2025-yilda 150 tonnadan ortiq sifatli qon tayyorlangan
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring