AQSH delegatsiyasi Oʻzbekiston Qurolli Kuchlari akademiyasida boʻldi
 
                Bugun, 14 may kuni Missisipi shtati gubernatori Fil Brayant boshchiligidagi AQSH delegatsiyasi yurtimizga tashrif buyurdi. Tashrif doirasida AQSH delegatsiyasi Oʻzbekiston Qurolli Kuchlari akademiyasida ham boʻldi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Missisipi shtati administratsiyasi, yetakchi tashkilotlar hamda savdo, innovatsiyalar, sanoat, qishloq xoʻjaligi va taʼlim sohalaridagi kompaniyalar vakillaridan iborat AQSH delegatsiyasi akademiyaning infratuzilmasi, oʻquv-moddiy bazasi bilan tanishdi. Taʼlim dargohining professor-oʻqituvchilar tarkibi bilan birgalikda muloqotlar oʻtkazdi. Xususan, Akademiyada faoliyat yuritayotgan Jorj Marshall nomidagi xavfsizlik masalalarini oʻrganish boʻyicha Yevropa markazi xodimi professor Gregori Glison bilan harbiy kadrlar masalasida fikr almashildi.
Taʼkidlash joizki, Gregori Glison 2018 yilning noyabr oyidan buyon Akademiyada xalqaro xavfsizlik boʻyicha oʻquv kurslarini oʻtib kelmoqda.

Shuningdek, martabali mehmonlar Akademiya tarixi muzeyida boʻldi. Oʻquv xonalarini koʻzdan kechirdi, axborot-resurs markazi, kursantlarning yashash sharoitlari bilan tanishdi.
Delegatsiya tarkibida kelgan AQSH Missisipi shtati Milliy gvardiyasi qoʻmondoni – shtat gubernatori oʻrinbosari general Jenson Boylz bundan keyin ham ikki tomonlama hamkorlik aloqalari rivojiga umid bildirib, yurtimizga yana bir bor tashrif qilganidan mamnunligini izhor qildi. Mamlakatlarimiz qurolli kuchlari oʻrtasida tajriba almashish jarayonlariga yanada eʼtibor qaratish lozimligini taʼkidladi.
Eslatib oʻtamiz, Jenson Boylz oʻtgan yilning sentyabrida ham yurtimizda boʻlib, sohaga oid bir qator yoʻnalishlar boʻyicha uchrashuvlar oʻtkazgan edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
 
                 
        
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring