Axmet DEMIR: O‘zbekiston bilan yana hamkorlik qilayotganimdan juda xursandman
Eksklyuziv
Keyingi paytda xorijlik, xususan, Turkiya ishbilarmon doirasi vakillari o‘z biznes faoliyatini yurtimiz bilan bog‘lashga intilmoqda. Hamkorlikda yirik loyihalarga qo‘l urilayapti. “Demir Group” kompaniyasi rahbari Axmet DEMIR — shulardan biri.
Muxbirimiz mazkur mashhur investor bilan O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi bugungi savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy aloqalar, tadbirkor tomonidan hayotga tatbiq qilinayotgan loyihalar haqida suhbatlashdi.
— Sizga biznes faoliyatingizni O‘zbekiston bilan qayta bog‘lashga nima turtki bo‘ldi?
— Ota yurtimizga bo‘lgan muhabbat, o‘zbek xalqiga ishonch. Inson yaxshi ko‘rmagan joyda yasholmaydi. Bu aniq. Chidam bilan ishlash esa mumkin emas. Odam ishonch paydo bo‘lgan, ertasidan ko‘ngli to‘q joydagina hadiksiz, rohatlanib ishlaydi.
Yashirishning hojati yo‘q, avvallari o‘zbek do‘stlarimizda ham biznesga sarmoya kiritishda ikkilanishlar bo‘lardi. Bugun uning o‘rnini qat’iyat egallab, keyingi 2 yilda xalq harakatga tushib ketdi. Bu esa bizga kuch-quvvat, jasorat beradi. Prezidentga, islohotlarga ishonchni kuchaytiradi.
— “Chorsu” mehmonxonasi qayta rekonstruksiya qilish va zamonaviy xizmat ko‘rsatish majmuasini barpo etish loyihasiga sarmoya kiritayapsiz. Uning umumiy qiymati qancha? Mehmonxona mijozlariga o‘z eshiklari qachon ochadi?
— Qiymati 33 million AQSh dollariga teng loyihamiz hujjatlarini tayyorlash va qurilish-ta’mirlash ishlarini yakunlash ikki yilga mo‘ljallangan. Ya’ni 2019 yil yakuniga qadar ob’ektni to‘liq ishga tushirish niyatidamiz. Lekin umumiy maydoni 34 ming kvadrat metrlik binoni zamonaviy qiyofaga keltirish oson ish emas. Chunki elektr energiyasi, ichimlik suvi kabi muhandislik tarmoqlaridan uzilgan, lifti yoq 24 qavatli inshootning axlatlar uyumlaridan tozlab, tartibga keltirishga, ishonasizmi, olti oy kerak bo‘ldi. Shundan so‘ng bino texnik ekspertiza qilish ishlariga kirishildi. Hozirgi paytda bu yumushlar to‘liq yakunlanib, me’morlar tomonidan qayta ta’mirlash bo‘yicha loyiha ishlab chiqildi.
Saytimizni kuzatib boring. Suhbatni to‘liq varianti bilan tez orada tanishamiz.
“Xalq so‘zi” muxbiri
Said RAHMONOV suhbatlashdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Qaynuka uchun jigarini bergan yanga
- Toshkent viloyatidagi hayvonot bogʻida nazoratsiz qolgan sherlar qorovulni oʻldirdi
- Qish suratlari: oddiy hayotning noodatiy goʻzalligi
- Oʻzbekistonda qiymati 14 million yevrodan oshadigan loyiha ish boshlaydi
- Endilikda onlayn qimor oʻyinlarini oʻynash uchun litsenziya beriladi
- Shunchaki yozmoqqa bormaydi qoʻli...
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring