Agrobank rahbariyati navqiron avlod vakillariga kitoblar tuhfa etdi

13:45 29 Mart 2019 Jamiyat
1736 0

Prezidentimiz tomonidan joriy yilning 19 mart kuni oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish, ularning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish, kitobxonlikni targʻib qilish masalalariga alohida toʻxtalib oʻtilgandi.

Yigʻilishda Prezidentimiz har bir rahbar oʻz shaxsiy kutubxonasidan oʻzi taʼlim olgan maktab kutubxonasiga kitoblar sovgʻa qilsa, bunday ezgu tashabbus kitobxonlikni rivojlantirishga xizmat qilishi, farzandlarimiz tarbiyasiga ijobiy taʼsir koʻrsatishini taʼkidlab oʻtgan edi.

Davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan kitob sovgʻa qilish tashabbusini qoʻllab-quvvatlagan holda “Agrobank” ATB Boshqaruvi raisi vazifasini bajaruvchi R.Mamatqulov oʻzi oʻqigan maktabda boʻlib, kitoblar toʻplamini tuhfa etdi.

Bugun yoshlarni kitobxonlikka chorlash, ularning kitob mutolaasiga boʻlgan qiziqishlarini yanada oshirish va shu orqali maʼnaviy dunyosini boyitish, ona-Vatanni sevish, sadoqat tuygʻularini shakllanishiga, shuningdek, bunyodkorlik gʻoyalarini yuzaga chiqarishdek ezgu ishlarni oʻzida mujassam etayotganligi bilan ham muhim ahamiyatga ega boʻlmoqda.

Ushbu xayrli tashabbus bolalarning oʻqishga boʻlgan ishtiyoqi, kitobga mehrini yanada oshirib, ularning gap-soʻzi, yuz ifodasida yaqqol aks etishi shubhasiz. Bularning barchasi yosh kitobxonlar safining ortishi, navqiron avlodning maʼnaviy-maʼrifiy dunyoqarashini yuksalishi, milliy qadriyatlarimizga boʻlgan eʼtiborning kuchayishiga xizmat qiladi.

Zero, kitob – qalblarni yorituvchi nur, tafakkurni boyituvchi xazina, kamolot choʻqqisi va maʼnaviy komillikka yetaklovchi hamrohdir.

“Agrobank” matbuot xizmati

Sayt: www.agrobank.uz
Telegram: t.me/AgrobankChannel
Instagram: instagram.com/agrobank_uz
Feysbuk: fb.com/agrobankuzbekistan

 

Reklama huquqi asosida.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?