Oʻzbekistonda 5G tarmogʻi qachon ishga tushirilishi maʼlum qilindi


Mobil aloqa operatorlari 2025 yilga borib Oʻzbekistonda tijorat 5G tarmogʻini ishga tushiradi.
Bu haqda GSMA xalqaro assotsiatsiyasi hisobotida aytib oʻtildi. Hisobotga koʻra, bugungi kunda Oʻzbekiston aholisining 60 foizi mobil aloqa bilan qamrab olingan.
Joriy yilning iyun oyida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Oʻzbekistonda xalqaro internet-kanallarga ulanish tezligi 140,034 Gbit/s.ni tashkil etayotgani va bu koʻrsatkich 2018 yil boshiga nisbatan bir yarim barobar tezlashganini maʼlum qilgan edi.
Maʼlumotlarga koʻra, 2018 yilning 6 oyi mobaynida Oʻzbekistonda 690 km. optik tolali aloqa liniyalari tortilgan. 1004 ta yangi bazaviy stansiyalar oʻrnatilgan. Ularning 483 tasi 3 G va 4G LTE tarmogʻini qoʻllab quvvatlaydi. Ayni paytda mamlakatimizdagi optik tolali aloqa liniyalarining umumiy uzunligi 24,5 ming km.ga yetib, bazaviy stansiyalarning umumiy soni esa 20,994 mingtani tashkil etmoqda.
GSMA hisobotida keltirilishicha, 5G Rossiyada 2020 yilda ishga tushiriladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Samarqandda YUNESKOning 43-sessiyasiga tayyorgarlik avjida
- Aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish tartibi belgilandi
- Hududlarda 34 ta yuqori texnologiyali sanoat loyihalari amalga oshiriladi
- Endilikda muddati oʻtgan tovarlarning sotilishi avtomatik ravishda cheklanadi
- Xorijiy tillarni oʻrganmoqchi boʻlgan yoshlarga “2+6” dasturiga muvofiq subsidiya ajratiladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring