Asadjon Xod‘jayev AOKA direktori etib tayinlandi

22:23 29 Iyul 2020 Jamiyat
7344 0

Asadjon Xo‘jayev Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligiga direktor etib tayinlandi.

Asadjon Xoʻjayev 2003–2004-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Milliy xavfsizlik kengashi apparatining yetakchi konsultanti, Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va axborot xavfsizligini rivojlantirish loyihasi rahbari oʻrinbosari lavozimlarida ishlagan.

Asadjon Xoʻjayev 2004–2011-yillarda Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi Bosh direktorining oʻrinbosari, 2011-2012-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi Bosh direktori, 2012-2017-yillarda Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi direktori, Oʻzbekiston Respublikasi bosh vaziri apparati mudiri boʻlgan.

U 2017-yilning martidan avgustigacha Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti Davlat maslahatchisi oʻrinbosari – Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti matbuot xizmati rahbari boʻlgan. Keyinroq Oʻzbekiston birinchi prezidenti Islom Karimov nomidagi Ilmiy-maʼrifiy yodgorlik majmuasi rahbarining birinchi oʻrinbosari, 2018-yil avgust oyidan Axborot xavfsizligi va jamoat tartibini taʼminlashga koʻmaklashish markazi direktori lavozimlarida faoliyat koʻrsatgan. U 2019-yilning noyabrida Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasining boshligʻi lavozimiga tayinlangandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер