JSST: Pandemiya hali tugamaydi
Bundan ikki yil avval, yana ham aniqrogʻi, 2020-yilning 11 tart kuni JSST tomonidan dunyoda koronavirus pandemiyasi boshlangani rasman eʼlon qilingan edi.
Kecha tashkilot rahbari Tedros Gebreyesus shu haqda gapirar ekan, oʻtgan davrda bu xavfli infeksiyadan vafot etganlar soni 6 million kishidan oshganini qaygʻu bilan qayd etdi.
“Bu biz uchun juda katta yoʻqotish, — dedi u. — Hozir dunyo boʻylab kasallanish va oʻlim holatlari kamayib borayotgan boʻlsa-da, pandemiya hali tugamaydi. Chunki buning uchun u yer yuzining barcha nuqtalarida birdek yakunlanishi kerak”.
Albatta, mazkur bayonot asosli dalillarga tayanadi. Negaki keyingi paytlarda Osiyo-Tinch okeani mintaqasida joylashgan koʻplab mamlakatlarda kasallanish va oʻlim darajasi oʻsishda davom etyapti.
Boz ustiga, shu yilning yanvar oyi boshida kiprlik olimlar tomonidan “delta” va “omikron” shtammlari xususiyatlarini oʻzida mujassam etgan yangi “deltakron” mutatsiyasi aniqlangandi. Ammo yaqin-yaqingacha JSST mazkur shtammning mavjudligini shubha ostiga olib keldi.
Kecha esa tashkilotning favqulodda vaziyatlar boʻlimi texnik guruhi rahbari Mariya van Kerxove Jenevada boʻlib oʻtgan navbatdagi brifingda “deltakron” Yevropada paydo boʻlganini rasman maʼlum qildi.
Bayonotda keltirilishicha, mazkur mutatsiya turi Fransiya, Niderlandiya va Daniyada aniqlandi. Lekin hozircha juda kam miqdorda.
Eslatib oʻtamiz, pandemiya boshlangandan buyon dunyoda qariyb 452 million kishi COVID-19 infeksiyasi bilan kasallangan. Shuningdek, infeksiyaning oldini olish maqsadida jami 11 milliard dozaga yaqin vaksina qoʻllanilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Fargʻonada Navroʻz: tinch-osoyishta hayot zavqi, dorilamon kunlar shukronasi...
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Markaziy Osiyoning intellektual merosini ulugʻlashda yangi bosqich Toshkentda boshlanmoqda — The Washington Post
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring