JSST ayrim virusli kasalliklar avj olishidan ogohlantirmoqda
Mutaxassislar Tinch okeani markazidagi katta massaga ega suv harorati bilan bogʻliq El-Ninyo hodisasi dunyo iqlimining “motori” ekanini taʼkidlaydi.
Chunki bu fenomen Tinch okeani sirt haroratining 3 °C dan koʻproq oshishini anglatib, kuchli qurgʻoqchilik, suv toshqinlari, yogʻingarchilik va anomal issiqlikka sabab boʻladi.
Shu bois Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti 2023-2024-yillarda virusli tropik kasalliklar avj olishini prognoz qilish asnosida allaqachon bu xavfga tayyorgarlikni boshlab yuborgan.
JSST rahbari Tedros Gebreyesusning soʻzlariga koʻra, denge va chikungunya isitmalari hamda Zika virusi bilan kasallanish holatlari koʻpayishi kutilmoqda. Bu xastaliklarning barchasi odamlarga chivinlar chaqishi orqali yuqishi kuzatiladi.
“Soʻnggi oʻn yillikda dunyo boʻylab denge isitmasiga chalinish holatlari keskin oshdi, — deydi T. Gebreyesus. — Ayniqsa Shimoliy va Janubiy Amerikada oʻtgan yili 2,8 million holat qayd etilgan va bemorlardan 1280 nafari hayotdan koʻz yumgan”.
JSST tahlilida keltirilishicha, 2016-yili El-Ninyo bilan bogʻliq tabiiy ofatlar 30 ta mamlakatda 60 millionga yaqin insonga ziyon yetkazgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring