Joriy yilda kafolatli xaridlarga 300 mlrd. soʻm yoʻnaltiriladi
Foto: president.uz
Prezident huzurida farmatsevtika sohasini rivojlantirish boʻyicha yigʻilish oʻtkazilmoqda. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.
Davlatimiz rahbari eksportning asosiy qismi (84 foizi) Toshkent shahri, Toshkent va Sirdaryo viloyatlariga toʻgʻri kelayotganiga eʼtibor qaratib, qolgan viloyatlarda ushbu koʻrsatkichlar qoniqarsiz ahvoldaligi tanqid qildi.
Shu bois, mutasaddilarga yil yakunigacha farmatsevtika mahsulotlari eksportini 105 mln. dollarga yetkazish vazifasi qoʻyildi. Viloyat hokimlari loyihalarni amalga oshirishdagi tashkiliy masalalarni hal qilishga shaxsan masʼul ekanliklari taʼkidlandi.
1-iyulga qadar talab yuqori boʻlgan 120 turdagi dori vositalarini mahalliy ishlab chiqaruvchilardan 3 yil muddatga kafolatli xarid qilish boʻyicha shartnomalar tuziladi. Hozirgi kunda ushbu dorilar 300 mln. dollarga chetdan olib kelinmoqda.
Bunda, ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyilgan 25 turdagi dorilar 1-iyuldan xarid qilinadi. Kelgusi yildan esa 70 turdagi dorilarni ishlab chiqarish va sotib olish yoʻlga qoʻyiladi. Bunda asosiy eʼtibor onkologiya, gematologiya, endokrin va virusli kasalliklarni davolashga qaratiladi.
Joriy yilda kafolatli xaridlarga 300 mlrd. soʻm yoʻnaltiriladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Toshkentda “UzFood 2026” va “OʻzuPACK 2026” Xalqaro koʻrgazmalari boʻlib oʻtmoqda (+fotoreportaj)
- Shayxa Nosir Al Novays: “Men bu kabi yondashuvni avval koʻrmaganman”
- Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligini keng nishonlashga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish toʻgʻrisida
- “Yengilmas: Tokioga yoʻl”
- Toshkentda Amir Temur tavalludining 690-yilligi munosabati bilan harbiy parad oʻtkazilmoqda (fotoreportaj)
- Surxondaryoda 3 ming yillik shahar qoldiqlari topildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring