Jizzaxda “Tracker” dahshatli YTHga uchradi

19:19 25 Aprel 2025 Jamiyat
256 0

Foto: Jizzax YHXB

Jizzax shahrida “Tracker” savdo doʻkonining kirish joyiga katta tezlikda kelib urildi. Viloyat Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi hodisa yuzasidan maʼlumot berdi.

Qayd etilishicha, hodisa kecha, 24-aprel kuni soat 06:08 larda shaharning Jizzaxlik mahallasi hududida joylashgan Oʻzbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali avtoturargohi yaqinida yuz bergan.

1986-yilda tugʻilgan haydovchi oʻziga tegishli “Tracker” rusumli transport vositasini boshqarib, avtoturargoh yonidagi koʻp qavatli uylarning birinchi qavatida joylashgan savdo doʻkonining kirish joyiga urilib, yoʻl-transport hodisasi sodir etgan.

Foto: Jizzax YHXB

YTH oqibatida avtomashina haydovchisi tan jarohatlari bilan RShTYoIM Jizzax filialining jonlantirish boʻlimiga yotqizilgan. Hozirda mazkur holat yuzasidan Jizzax shahar IIB TB tomonidan tergovga qadar surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?