Jizzaxda elektromobil ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyiladi

19:05 10 Yanvar 2023 Siyosat
1353 0

Foto: president.uz

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtmoqda. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.

Yigʻilishda bir oy muddatda 2023-yilda sanoatni 14 foizga oshirish boʻyicha sanoat va investitsiya dasturlarini qayta koʻrib chiqish vazifasi qoʻyildi. Bunda:

— Samarqandda mineral oʻgʻit, Navoiyda quruq sianid tuzi va texnik gaz ishlab chiqarish loyihalarini tezlashtirish;

— 1-iyunga qadar Pistali konida 6-gidrometallurgiya zavodini ishga tushirish;

— avgust oyida “Yoshlik-1” mis koni negizida 3-misni boyitish fabrikasi loyihasini yakunlashni taʼminlash topshirildi.

Avtomobilsozlik tarmogʻida oʻsishni taʼminlash uchun 1-sentyabrga qadar:

— xususiy investorlarni jalb qilib, Jizzaxda elektromobil ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish;

— Andijonda zamonaviy quyuv sexini, Chirchiqda qishloq xoʻjaligi mashinasozlik klasterini toʻliq quvvatga chiqarish topshirildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?